Abu Ali ibn Sino sog‘likni saqlashda asosiy narsa quyidagi yetti umumiy va zaruriy sabablarni mutadil qilishni ta’kidlagan. Mijozni mo‘tadil qilish; yeyiladigan va ichiladigan narsalarni tanlash; gavdani chiqindidan tozalash; to‘g‘ri tuzilishni saqlash; burunga tortiladigan xavoni yetarli va yahshi qilish; kiyimli narsalarni yahshilash; jismoniy va ruhiy harakatlarni mo‘tadil qilish; shu harakatlar jumlasiga ma’lum darajada uyqu va uyg‘oqlik ham kiradi.
"Tib qonunlari"da to‘g‘ri ovqatlanish sog‘lom turmush tarzining asosiy omili sifatida ko‘rsatilgan:Bolalar uchun ovqatlanish rejimini tuzishda mizoj xususiyatlarini hisobga olish; ovqatlanish miqdorini nazorat qilish, me’yoridan ortiq yeyishdan saqlanish; yurli oziq-ovqatlarning sifati va ularning tarkibiy qismlariga e’tibor berish; ovqatlanish tartibini yil fasllari va iqlim sharoitlariga moslash.
Ibn Sino ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va ma’naviy tarbiyaning jismoniy tarbiya bilan uyg‘unligini ta’kidlaydi:Bolaning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun darslar orasida dam olish vaqtini to‘g‘ri tashkil etish; yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bilim berish; bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini e’tiborga olish; ma’naviy tarbiya orqali ruhiy sog‘lomlikni ta’minlash.
Ibn Sino muhit omilining bolalar sog‘lig‘iga ta’sirini alohida qayd etadi:Bolaning yashash joyi toza havoli, yorug‘ va qulay bo‘lishi kerak; o‘quv xonalari gigiyena talablariga javob berishi lozim; toza suv va sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash zarur; bolaning dam olishi va uyqusi uchun qulay sharoit yaratish; fasllar o‘zgarishi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish choralarini ko‘rish haqida ta’kidlagan.
Qiziqishlarni hisobga olish: Bolaning qiziqishiga mos sport turlarini tanlash; Gadjetlar yordamida faollikni rag‘batlantirish: Fitness trekerlar, harakatli video o‘yinlar, sport ilovalaridan foydalanish;oilaviy sport an’analarini shakllantirish: hafta oxirida oilaviy velosiped safarlarini, sayrlarni tashkil etish;kundalik faollik me’yorlariga rioya qilish: 5-17 yoshdagi bolalar uchun kuniga kamida 60 daqiqa o‘rtacha yoki yuqori intensivlikdagi jismoniy faollik;turli xil harakatli faoliyatni taqdim etish: Kuch, chidamlilik, koordinatsiya va egiluvchanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni muvozanatli kiritish.
Psixologik salomatlik va emotsional barqarorlik: Stress boshqaruvini o‘rgatish: nafas olish texnikalarini bolalarga moslashtirgan holda o‘rgatish; Sog‘lom muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish: Fikrlarni ifodalash, tinglash va muammolarni hal qilish usullarini o‘rgatish; Muvaffaqiyatsizlikka bardosh berish qobiliyatini shakllantirish: Xatolar va mag‘lubiyatlardan saboq olishni o‘rgatish; Ijobiy fikrlash modellarini rivojlantirish: Kundalik yoki "minnatdorchilik kundaligi" yuritish orqali ijobiy tafakkurni shakllantirish;Emotsional intellektni rivojlantirish: O‘z hissiyotlarini anglash va boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish