ibn Sino risolasi

"Umumiy pedagogika" darsligi

        Pedagogika oliy o‘quv yurtlari uchun mo‘ljallangan ushbu darslik amaldagi o‘quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq yaratilgan.

        Darslikning maqsadi – pedagogika fanining nazariy-metodologik asoslarini ochib berish, bo‘lajak pedagoglar tomonidan ularning chuqur o‘zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.

        Umumiy pedagogika: darslik / S.V.Xolmatova, L.S.Kozlova.

        – Namangan: “USMON NOSIR MEDIA” nashriyoti, 2023, – 560 bet.

ibn Sino risolasi

Abu Ali ibn Sinoning "Tibbiy o'gitlar" risolasi

        Abu Ali ibn Sino sog‘likni saqlashda asosiy narsa quyidagi yetti umumiy va zaruriy sabablarni mutadil qilishni ta’kidlagan. Mijozni mo‘tadil qilish; yeyiladigan va ichiladigan narsalarni tanlash; gavdani chiqindidan tozalash; to‘g‘ri tuzilishni saqlash; burunga tortiladigan xavoni yetarli va yahshi qilish; kiyimli narsalarni yahshilash; jismoniy va ruhiy harakatlarni mo‘tadil qilish; shu harakatlar jumlasiga ma’lum darajada uyqu va uyg‘oqlik ham kiradi.
        "Tib qonunlari"da to‘g‘ri ovqatlanish sog‘lom turmush tarzining asosiy omili sifatida ko‘rsatilgan:Bolalar uchun ovqatlanish rejimini tuzishda mizoj xususiyatlarini hisobga olish; ovqatlanish miqdorini nazorat qilish, me’yoridan ortiq yeyishdan saqlanish; yurli oziq-ovqatlarning sifati va ularning tarkibiy qismlariga e’tibor berish; ovqatlanish tartibini yil fasllari va iqlim sharoitlariga moslash.
        Ibn Sino ta’lim-tarbiya jarayonida aqliy va ma’naviy tarbiyaning jismoniy tarbiya bilan uyg‘unligini ta’kidlaydi:Bolaning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun darslar orasida dam olish vaqtini to‘g‘ri tashkil etish; yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda bilim berish; bolaning qiziqishlari va qobiliyatlarini e’tiborga olish; ma’naviy tarbiya orqali ruhiy sog‘lomlikni ta’minlash.
        Ibn Sino muhit omilining bolalar sog‘lig‘iga ta’sirini alohida qayd etadi:Bolaning yashash joyi toza havoli, yorug‘ va qulay bo‘lishi kerak; o‘quv xonalari gigiyena talablariga javob berishi lozim; toza suv va sifatli oziq-ovqat bilan ta’minlash zarur; bolaning dam olishi va uyqusi uchun qulay sharoit yaratish; fasllar o‘zgarishi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish choralarini ko‘rish haqida ta’kidlagan. 

ibn Sino risolasi

DEVIANT XULQ VA UNING INSON SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA TA’SIRI, BARTARAF ETISH YO‘LLARI

        Mаzkur monogrаfiyаdа deviant xulq va uning inson sog‘lom turmush tarziga ta’siri, deviant xulqni kreativ yondashuv asosida bartaraf etish yo‘llari haqida mutaxassislarning fikrlari va ba’zi mualliflik mulohazalar bayon etilgan.

        Monogrаfiyа mazkur soha mutaxassislari, mustаqil tаdqiqotchilаr vа keng kitobхonlаr ommаsigа mo‘ljаllаngаn 


        Muallif