Umumiy pedagogika

Tarbiya jarayonining shakllari va metodlari

Ustoz maslahati

Ustoz maslahati

Barkamol harakat

tarbiyaviy videorolik

kitob rasmi

Deviant xulq va uning inson sog'lom turmush tarziga ta'siri, bartaraf etish yo'llari

Mаzkur monogrаfiyаdаdeviant xulq va uning inson sog‘lom turmush tarziga ta’siri, deviant xulqni kreativ yondashuv asosida bartaraf etish yo‘llarihaqida mutaxassislarning fikrlari va ba’zi mualliflik mulohazalar bayon etilgan.

Monogrаfiyа mazkur soha mutaxassislari, mustаqil tаdqiqotchilаr vа keng kitobхonlаr ommаsigа mo‘ljаllаngаn


Muallif: Dilrabo Ahmedova

davom etish

Suxomlinskiyning sog‘lom turmush tarziga oid tavsiyalari
V. Suxomlinskiy bolalarni sog‘lom turmush tarziga tayyorlashda "bolalarga muhabbat" tamoyilini qo‘llagan: "So‘lom turmush tarzi – bu nafaqat jismoniy sog‘lik, balki ma’naviy va axloqiy sog‘lomlik hamdir" deya ta’kidlagan
  • Jismoniy tarbiya va salomatlik haqida: Jismoniy tarbiya faqat sport mashqlari emas, balki kundalik yashash tarzi bo‘lishi kerak;"Salomatlik – bu faqat kasalliklarning yo‘qligi emas, balki jismoniy, ruhiy va ma’naviy farovonlik holatidir"; bolalar har kuni ochiq havoda kamida 2-3 soat bo‘lishlari kerak; ertalabki badantarbiya kunni to‘g‘ri boshlashning asosidir
  • Tabiat bilan aloqa: Suxomlinskiy tabiatni "ochiq kitob" deb atagan va tabiat bilan aloqani salomatlik manbai deb hisoblagan; muntazam tabiat qo‘ynida sayr qilish, bog‘da ishlash, o‘simliklar parvarish qilish salomatlikni mustahkamlaydi; "Bolalar tabiat qo‘ynida nafaqat bilim oladilar, balki ruhan va jismonan dam oladilar"
  • Ruhiy salomatlik va intellektual rivojlanish: Ruhiy va jismoniy salomatlik bir-biri bilan chambarchas bog‘liq; kitob o‘qish, musiqa tinglash, ijodiy mashg‘ulotlar ruhiy salomatlikni mustahkamlaydi; "Aqliy mehnat ham jismoniy mehnatdek zarur, biroq ular orasida muvozanat bo‘lishi kerak"
  • Oilaviy tarbiya va muloqot va ijtimoiy aloqalar: Sog‘lom turmush tarzi oiladan boshlanadi; ota-onalar farzandlariga namuna bo‘lishlari kerak; "Bolalar so‘zlarimizga emas, balki amallarimizga qarab tarbiyalanadilar" ijobiy muloqot va ijtimoiy aloqalar ruhiy salomatlik uchun zarur; "Bola do‘stlari bilan muloqot qilish orqali nafaqat ijtimoiy ko‘nikmalarni, balki salomatlikni ham mustahkamlaydi"

davom etish

Bugungi kunda ta’lim tizimida jiddiy muammo yuzaga kelmoqda – pedagoglarning kuzatishicha, o‘quvchilarning dars davomida diqqatini jamlay olmasligi, qaysarlik, jizzakilik va o‘qituvchini tinglash qobiliyatining pasayishi kabi holatlari kuzatilmoqda
Muammoning asosiy sabablari:
  1. Kech vaqtda raqamli qurilmalardan foydalanish: Tadqiqotlar ko‘rsatishicha, tungi soat 10:00 dan keyin elektron qurilmalardan foydalanish nafaqat uyqu sifatiga, balki miyaning kognitiv funksiyalariga, xususan diqqatni jamlash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday bolalar ertalabki darslarda faollikni namoyish eta olmaydilar.
  2. Qisqa formatli kontentga o‘rganish: Tik-tok, Reels va shunga o‘xshash 15-60 soniyalik videolarga o‘rganish natijasida bolalar miyasi tez-tez o‘zgarib turadigan axborotga moslashib, uzluksiz matnni tinglash yoki bir faoliyat ustida uzoq vaqt ishlash qobiliyati pasaymoqda
  3. Turli hissiy mazmundagi kontentning tez almashinuvi: O‘rtacha 30 daqiqa ichida komediya, qo‘rqinchli, shov-shuvli, tragediyali videolarni ketma-ket ko‘rish bolalarda hissiy his-tuyg‘ularning sayozlashuviga olib keladi. Natijada real hayotdagi voqealarga ham e’tiborsizlik va emotsional befarqlik shakllanadi.
  4. Ijtimoiy media ta’siri: Ijtimoiy tarmoqlarda "layk" va "izohlar" orqali doimiy tashqi e’tiborga o‘rganib qolish natijasida bolalar real hayotda ham doimiy e’tibor talab qiladilar, ammo uzluksiz tinglash ko‘nikmasi rivojlanmay qoladi.